Foydalanuvchilar uchun shart va qoidalar.

Foydalanuvchi va sahifa maʼmuriyatining majburiyat va huquqlari

halalme.uz (kelgusida sahifa) “HALALME INT GROUP” MChJning internetdagi rasmiy sahifasi hisoblanadi. Sahifa “HALALME INT GROUP” MChJga tegishlidir. Ushbu sahifadan maʼlumotlarni “HALALME INT GROUP” MChJ ruxsatisiz koʼchirish qonunan taqiqlanadi.

  1. Foydalanuvchi majburiyati va huquqlari:
  • 1.1. Sahifada roʼyxatdan oʼtish tekin, ammo majburiy emas. Foydalanuvchi oʼz xohishiga koʼra roʼyxatdan oʼtadi.
  • 1.2. Foydalanuvchi sahifada roʼyxatdan oʼtish bilan birga shaxsiy xona yaratish uchun kerakli boʼlgan haqiqiy va soʼngi maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Shu bilan birga har bir foydalanuvchiga tegishli boʼlgan loginni yaratish uchun elektron manzilni berishi kerak.
  • 1.3. Foydalanuvchi berayotgan maʼlumotlarni toʼgʼriligini kafolatlashi shart.Bordiyu maʼlumotlarga nisbatan uchinchi shaxslar tomonidan shikoyatlar kelsa, o’zi javob beradi.
  • 1.4. Foydalanuvchi roʼyxatdan oʼtganidan soʼng taqdim qilgan elektron manziliga sahifaga kirish logini va paroli yozilgan maktub qabul qilib oladi.
  • 1.4. Oʼz login va parollariningmaxfiyligini va tarqalib ketmasligini taʼminlash foydalanuvchi zimmasidadir.
  • 1.5. Foydalanuvchi oʼz login va parolidan kimdir uning ruxsatisiz foydalanganini bilsa, zudlik bilan info@halalme.uz elektron manzili orqali maʼmuriyatga maʼlum qilishi kerak.
  • 1.6. Foydalanuvchi sahifadan foydalanishda etika va tarbiya normalariga rioya qilishi shart.
  • 1.7. Foydalanuvchi sahifaga Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan, shuningdek, birovlarga zarar keltiradigan, shaxslarni haqorat qiladigan, mualliflar huquqini buzadigan, insonlar orasida irqiy, diniy, jinsiy, ijtimoiy holatlari boʼyicha nizolarga olib keladigan materiallarni joylamaslik majburiyatini zimmasiga oladi.
  • 1.8. Foydalanuvchi bir nechta yoki oʼziga tegishli boʼlmagan shaxs nomidan roʼyxatdan oʼtishi mumkin emas.
  • 1.9. Foydalanuvchi sahifadan olgan ma’lumot va mahsulotlarni faqatgina oʼzi ishlatishi mumkin, yaʼni sahifa maʼmuriyati yoki mualliflarning yozma ruxsatisiz ulardan nusxa koʼchirishi va tarqatishi mumkin emas.
  • 1.10. Foydalanuvchi sahifadan mahsulotlar xarid qilganida sahifa maʼmuriyati mahsulotlarni toʼlov tasdiqlangandan soʼng 24 ish soati ichida pochta xizmati joylaridan biriga yetkazib beradi:

o         Hozirda toʼlovlar faqatgina Payme.uz  toʼlov tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.

o         Mahsulotlarni yetkazishda BTS xizmatidan foydalaniladi.

o         Buyurtmalar hozirda Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab yuboriladi.

o         Foydalanuvchi mahsulotlarga buyurtma berayotganida manzillarni indekslari bilan va ikkita faol telefon raqam toʼgʼri berishlari shart.

o         Buyurtma berilganidan soʼng 3 (uch) ish kuni ichida toʼlov amalga oshirilmasa, ushbu buyurtma bekor qilinadi. Foydalanuvchi yangidan buyurtma berishi kerak boʼladi.

o         Buyurtma yuborilganidan soʼng sahifa maʼmuriyati foydalanuvchiga elektron maktub orqali xabar beradi (lozim deb topsa).

o         Mijoz buyurtmani qabul qilayotganida pochta xizmati ulardan imzo talab qiladi. Imzo qoʼyilmagan taqdirda buyurtma topshirilmay ortga qaytariladi.

o         Buyurtmalar pochtaga topshirilganidan soʼng 2 – 7 (ikki-yetti) ish kunigacha muddatda yetkaziladi. Oʼz vaqtida yetkazib berishga BTS pochta javobgar, sahifa maʼmuriyati javob bermaydi.

o         Foydalanuvchi manzilni xato bergani tufayli yoki yetkazilganida qabul qilib oluvchi o’z yerida boʼlmagani sababli qaytib kelgan buyurtmani yana qayta yuborish chiqimini mijoz oʼzi toʼlaydi.

o         Buyurtmalar yuborilganidan soʼng pochta xarajatlari hech qanday holatda qaytarib berilmaydi.

o         Buyurtmalarni qadoqlash va yuborish narxlari mahsulot sotib olinayotganida uning narxlaridan tashqari qoʼshimcha haq sifatida qabul qilib olinadi.

o         Buyurtmalarni qadoqlash va yuborish narxlari sahifamizda yoritilgan.

o         Pochta xizmatlari narxlarini sahifa maʼmuriyati foydalanuvchilarga eʼlon qilib yoki eʼlon qilmasdan oʼzgartirishi mumkin.

  • 1.11. Foydalanuvchi buyurtma berish vaqtida yetkazib berish turlarini tanlashda “Asosiy ombordan olib ketish”ni tanlashi mumkin. Bunda yetkazib berish xarajatlari olinmaydi. Bunda buyurtmaga toʼlov qabul qilingan kundan 15 ish kuni ichida buyurtmachi oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan kelib mahsulotlarni bosh omborimizdan olib ketishi kerak. Buyurtmachi 15 ish kuni ichida kelmasa, buyurtma bekor qilinadi. Bekor qilingan buyurtma toʼlovi esa buyurtmachi kelib ariza yozgan taqdirda uning shaxsiy plastik kartasiga qaytarib beriladi.
  • 1.12. Foydalanuvchi mahsulotlar haqida toʼliq maʼlumot bilan yaxshilab tanishganidan soʼng sotib olishi kerak. Savollar boʼlsa, sahifa maʼmuriyatiga murojaat qilinadi.
  • 1.13. Sahifamizdan xarid qilingan mahsulotlar qaytarib olinmaydi va amalga oshirilgan toʼlovlar foydalanuvchiga qaytarilmaydi. (Agar foydalanishga yaroqsiz mahsulot sotilgan boʻlsa, mustasno. Lekin buyurtma yetkazish xizmatiga topshirilgandan keyin yaroqsiz holga kelgan boʻlsa yetkazib beruvchi zararni qoplaydi).
  • 1.14. Foydalanuvchi maʼmuriyatga uning shaxsiy xonasini oʼchirishni iltimos qilib maktub yozish orqali sahifadan foydalanishini toʼxtashishi mumkin.
  1. Sahifa maʼmuriyatining majburiyat va huquqlari:
  • 2.1. Sahifa maʼmuriyati istalgan vaqtda sahifa dizayni, joylashishi, shuningdek, ichidagi mahsulot haqidagi ma’lumotlarni foydalanuvchiga eʼlon qilib yoki eʼlon qilmasdan oʼzgartirish huquqiga egadir.
  • 2.2. Sahifa maʼmuriyati foydalanuvchilarga sahifaga oid elektron maktublar yuborib turish huquqiga ega. Lekin sahifa maʼmuriyati hech qachon foydalanuvchidan shaxsiy xonasiga kirish login va parollari xaqida maʼlumot soʼrab maktub yozmaydi!
  • 2.3. Sahifa maʼmuriyati mahsulotlar narxini istagan vaqtda foydalanuvchiga eʼlon qilib yoki eʼlon qilmasdan oʼzgartirish huquqiga ega.
  • 2.4. Sahifa maʼmuriyati foydalanuvchilarga eʼlon qilmasdan yoki eʼlon qilib istagan materiallar va yozuvlarni oʼchirib tashlash, shuningdek, foydalanvchilarni faoliyatini toʼxtatish yoki qisman taqiqlash huquqiga egadir.
  • 2.5. Sahifa maʼmuriyati sahifadan foydalanishga qoʼshimcha shartlar, taqiqlar yoki sahifa faoliyatini vaqtinchalik yoki umuman toʼxtatish huquqini oʼzida qoldiradi.

– Buyurtma yetkazilgan payt mijoz mahsulotni olmaydigan boʻlsa, yetkazish xizmatining ikki tomon yaʼni olib borish va qaytarish xarajatini qoplashi shart.