Tasnif
Halqa qissasi minglab o’zbek kitobxonlari qalbidan joy oldi. Unda iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g’olib bo’lishi, matonatning yuksak mukofoti haqida so’z boradi. Qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Asar iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.
Yer yuzining turli nuqtalarida bo’ladigan voqealar yoritilgan bu qissaning navbatdagi nashri kitobxonlarimiz uchun yaxshi hadya bo’ladi degan umiddamiz.
Jangchi qissasi esa qadim Falastin, Shom va Isroil o‘lkalarida kechgan tarixiy voqealardan so‘zlaydi. Ushbu qissa o’z motivi bilan o’zbek adabiyotida yangi yo’nalishni ochdi. Payg’ambarlar – xalqning najodkorlari haqidagi timsollar zamonaviy adabiyotimizda deyarli uchramaydi. Qahramonlar boshidan kechgan fojialar va ularning sabablari hech qachon eskirmaydi. Roqib, uning onasi Ashua, zolim hukmdor Jolut, unga qarshi kurashgan, asl kasbi cho’pon bo’lgan Tolut haqidagi bu qissa kitobxonlarning sevimli asarlari qatoridan joy olib ulgurdi. O‘quvchi “Jangchi” qissasidan bugungi kuni uchun ibrat ola bilishidan umidvormiz. Asarning alohida kitob bo’lib nashr etilishi o’quvchilarni xushnud qiladi deb ishonamiz.
Muallif: Akrom Malik
Muharrir: Odil Ikrom
Musahhih: Diyora Abdujalilova
Sahifalovchi: Akmal Farmonov
Muqova: Qattiq
- Ulgurji (100 ta va undan ko’proq) savdo uchun narx kelishtiriladi.
- Barcha viloyatlarga yetkazib berish xizmatimiz mavjud.
Yetkazib berish narxi:
-Toshkent shahri ichida 15000
-Viloyatlarga 20000.
Murojaat uchun:
+998974117799